G‘ova — Chust tumanining shimolidagi shaharcha. U tuman markazidan taxminan 18 km uzoqlikda joylashgan va 2009-yilda shaharcha maqomini olgan.
Chegaradagi shaharcha
G‘ova shimolda Qirg‘iz Respublikasi Jalolobod viloyati Ala-Buka tumanining Ko‘ktosh qishlog‘i bilan chegaradosh. Sharqda Varzik, janubda Karkidon, janubi-g‘arbda Olmos shaharchalari, g‘arbda esa Pop tumani bilan qo‘shni.
Kartoshka — asosiy daromad
UzA ma’lumotiga ko‘ra, G‘ovadagi 15 ta mahallada kartoshkachilik asosiy yo‘nalish sifatida rivojlantirilgan. Tog‘ etagidagi salqin iqlim bu ekin uchun qulay sharoit yaratadi.
“Mahallalar” ruknida Chust tumanining har bir shaharchasi va qishlog‘i haqida hikoya qilamiz. Navbatdagi mahalla qaysi bo‘lsin? Telegram orqali yozing.



